6 Iyul 2025 522

Navbahor Hamidova Olimpiada chempioniga qarshi jang qiladi

Qozogʻistonda boks boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi oʻz yakuniga yetib bormoqda. Oʻtkazilgan yarim final janglarida Navbahor Hamidova amerikalik azaliy raqiblaridan birini 4:1 hisobida magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Feruza Kazakova, Sohiba Roʻzmetova hamda Aziza Zokirova esa musobaqani bronza medali bilan yakunlashdi.

-54 kg: Feruza Kazakova - Sakshi (Hindiston) 0:5
-80 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Eseta Flint (Avstraliya) 0:5
-65 kg: Navbahor Hamidova - Morelle Makkeyn (AQSh) 4:1
-75 kg: Aziza Zokirova - Sunniva Hofstad (Norvegiya) 0:3

Bugun musobaqaning final janglari oʻtkaziladi. Unda Navbahor Hamidova Olimpiada chempioni turkiyalik Busenaz Surmeneliga qarshi ringga koʻtariladi.

-65 kg: Navbahor Hamidova — Busenaz Surmeneli (Turkiya)

Text to speech