6 Iyul 2025
1728
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan keyin Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘l oldi
Toshkentda futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma beruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 23 yillik tanaffusdan keyin Osiyo kubogida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Nepalga qarshi kechgan hal qiluvchi o‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangach g‘olib jamoani aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Unda jamoamiz 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, Avstraliyada o‘tadigan Osiyo kubogi ishtirokchilari qatoriga qo‘shildi.
