5 Iyul 2025 739

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi

Bugun Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi. Barcha vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

 Oltin medal:
-44 kg: Sodiqjon Hamidov

 Kumush medal:
-41 kg: Afruzbek Ibragimov
-52 kg: Samandar Madaminov

 Bronza medal:
-38 kg: Mehmet Annageldiyev
-57 kg: Muhammadaziz Gʻofurov
-62 kg: Muhammadrasul Hakimov
-75 kg: Azamat Rahmatov

Ushbu natija bilan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Ertaga qizlar kurashi boʻyicha bahslar oʻtkaziladi.

Text to speech