5 Iyul 2025
442
Dzyudochilarimiz Olmaotadagi turnirda birinchi boʻlishdi
Qozogʻistonning Olmaota shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻz yakuniga yetdi. 9 mamlakat vakillari ishtirok etgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.
Yosh dzyudochilarimiz turnirda 8 ta oltin, 10 ta kumush va 11 ta bronza, jami 29 ta medal qoʻlga kiritishdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan Qozogʻiston termasi hisobida esa 5 ta oltin, 4 ta kumush va 12 ta bronza medallari mavjud. Uchinchi oʻrindagi Moʻgʻuliston jamoasi esa 2 ta oltin medal jamgʻargan.






