4 Iyul 2025
492
Bugun uch nafar bokschimiz bahs olib boradi
Astanada oʻtayotgan boks boʻyicha Jahon kubogida kuchlilar saralanmoqda. Tajribali yurtdoshlarimizdan Feruza Kazakova Xitoy Taipeyi vakili bilan kechgan murosasiz bahsda irodali gʻalabaga erishdi.
-54 kg: Feruza Kazakova — Hsiao-Ven Huang (Xitoy Taipeyi) 3:2
Bugun Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ringga koʻtarilishi belgilangan. Batafsil:
-51 kg: Sabina Boboqulova — Pihla Kaivo-Oja (Filippin)
-65 kg: Navbahor Hamidova — Beatriz Oliveyra (Braziliya)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Yeldana Talipova (Qozogʻiston)
