3 Iyul 2025 562

Bugun Feruza Kazakovaga muxlislik qilamiz

Qozogʻistonning Astana shahrida boks boʻyicha Jahon kubogi hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. Ortda qolgan kun Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining 3 nafar vakili ringga koʻtarilib, ularning 2 tasi gʻalaba qozondi.

-48 kg: Farzona Fozilova — Nazim Kizaibay (Qozogʻiston) 0:5
-51 kg: Sabina Boboqulova — Martina Vassallo (Italiya) 5:0
-65 kg: Navbahor Hamidova — Angelsen Madeleiyene (Norvegiya) 5:0

Bugun hamyurtlarimizdan Feruza Kazakova bahs olib boradi. Bokschimizga Xitoy Taipeyi vakili raqiblik qiladi.

-54 kg: Feruza Kazakova — Hsiao-Ven Huang (Xitoy Taipeyi)

Text to speech