2 Iyul 2025
771
Stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati yakunlandi
26-iyun kuni poytaxtimizda start olgan stol tennisi boʻyicha U15 va U19 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada qitʼamizning 22 mamlakatidan 400 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Bugun final bellashuvlaridan keyin musobaqa gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ham ishtirok etdi.
Qayd etish joiz, mamlakatimiz stol tennisi olamida ilk bor bunday nufuzli turnirga mezbonlik qildi.









