2 Iyul 2025 507

Bugun yana 3 nafar bokschimiz Jahon kubogida ishtirok etadi

Astanada boks boʻyicha Jahon kubogi bosqichining yana bir kuni ortda qoldi. Xabar berganimizdek, unda Oʻzbekiston terma ayollar terma jamoasining 3 nafar aʼzosi ringga koʻtarilib, ulardan 2 nafari keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

-54 kg: Feruza Kazakova — Anel Sakish (Qozogʻiston) 5:0
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Shi-Yi Vu (Xitoy Taypeyi) 0:5
-75 kg: Aziza Zokirova — Oliviya Toborek (Polsha) 5:0

Bugungi bahslar davomida ham 3 nafar hamyurtimiz saralash bosqichida ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova — Nazim Kizaibay (Qozogʻiston)
-51 kg: Sabina Boboqulova — Martina Vassallo (Italiya)
-65 kg: Navbahor Hamidova — Angelsen Madeleiyene (Norvegiya)

Text to speech