“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida yana surxondaryolik sportchilar birinchi boʻlishdi
Navoiyda dzyudo boʻyicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining uchinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etgan musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar 4 vazn toifasida bahs olib borishdi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori Alisher Yusupov kabi taniqli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Ahror Ziyodullayev (-81 kg), Otabek Toʻraboyev (-90 kg), Jahongir Matrahimov (-100 kg) va Islombek Ravshanqulov (+100 kg) oʻz vazn toifalarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Yusupov esa musobaqada beshinchi natijani qayd etdi.
Umumjamoa hisobida bu gal ham surxondaryolik dzyudochilar peshqadamlik qilishdi. “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining keyingi bosqichi 30-iyul kuni Andijon viloyatida oʻtkaziladi.









