1 Iyul 2025 497

Bugun 3 nafar bokschimiz ringga koʻtariladi

Qozogʻistonning Astana shahrida boks boʻyicha Jahon kubogi bahslari start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining 2 nafar aʼzosi ringga koʻtarildi. Ulardan Sabina Boboqulova gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.

-51 kg: Sabina Boboqulova - Kelsey Oakley (Angliya) 4:1
-60 kg: Sitora Turdibekova - Gizem Ozer (Turkiya) 1:4

Bugun 3 nafar hamyurtimiz kun davomida saralash jangini oʻtkazadi. Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Feruza Kazakova - Anel Sakish (Qozogʻiston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Shi-Yi Vu (Xitoy Taypeyi)
-75 kg: Aziza Zokirova - Oliviya Toborek (Polsha)

Text to speech