30 Iyun 2025
1098
Malik Babayev, Botir Rahimov va Andrey Abduvaliyevni tabriklaymiz!
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining sobiq raisi, hozirda mamlakat boks federatsiyasi raisining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Malik Babayev; Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi, "Shuhrat" medali sohibi Botir Rahimov, shuningdek, yengil atletika boʻyicha Barselona-1992 yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, ikki karra jahon chempioni, mamlakat yengil atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi Andrey Abduvaliyev tugʻilgan kunlarini nishonlashmoqda.
Oʻzbekiston MOQ har uch mutaxassisni bugungi ayyom bilan qutlab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.
