29 Iyun 2025 713

Ilk bor akademik eshkak eshuvchimiz Jahon kubogida shohsupaga koʻtarildi

Shveysariyaning Lyusern shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha Jahon kubogi bahslari oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor mazkur toifadagi musobaqada dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.

LM1x dasturida (yengi vaznli yakkalik) kechgan bahslarda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Shahzod Nurmatov marraga uchinchi boʻlib yetib keldi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

Text to speech