29 Iyun 2025 563

Bokschi qizlarimiz Jahon kubogida qatnashish uchun Astanaga yetib borishdi

30-iyun – 7-iyul kunlari Qozogʻistonning Astana shahrida boks boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston boks federatsiyasi mazkur musobaqada Elshod Rasulov boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz ishtirok etishini maʼlum qildi. Jamoa bugun Astanaga yetib bordi. Musobaqada qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:

-48 kg: Farzona Fozilova
-51 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Xumora Maʼmajonova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
-80 kg: Sohiba Roʻzmetova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Text to speech