28 Iyun 2025 601

Veloshosse boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

Fargʻona viloyatida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib bordilar.

4 bosqichda tashkil etilgan bellashuvlarda Nikita Svetkov, Diyor Tohirov, Yanina Kuskova, Shahnoza Abdullayeva singari terma jamoa yetakchilari turli yoʻnalishlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Jamoaviy dasturda oʻtkazilgan poygalarda esa Toshkent viloyati vakillari birinchi oʻrinni egallashdi.

Text to speech