28 Iyun 2025
540
Oʻq otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi
Poytaxtimizda oʻq otish sporti boʻyicha U21 yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi. Bugun musobaqaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Rasmiylar shohsupaga koʻtarilgan merganlarni erishgan muvaffaqiyati bilan qutlab, ularga kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi gʻalabalar tilashdi.
Mazkur chempionat terma jamoa murabbiylar shtabiga asosiy tarkib uchun zaxira sportchilarini koʻzdan kechirish imkoniyatini taqdim qildi.









