27 Iyun 2025 739

Xalqaro stol tennisi federatsiyasi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahri 15 va 19 yosh toifalari oʻrtasidagi stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilmoqda.

Bugun ushbu nufuzli musobaqaning faxriy mehmonlari — Xalqaro stol tennisi federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Osiyo stol tennisi ittifoqi prezidenti Halil Al Mohannadi, Osiyo stol tennisi ittifoqi Bosh direktori Nasib Hassan Al Fakih hamda Osiyo stol tennisi akademiyasi direktori Ahmed Al Mohannadi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni MOQ raisi birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda stol tennisi rivojini yangi bosqichga olib chiqish, oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish va yetuk murabbiylar va xalqaro toifadagi hakamlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yurtimizda xalqaro turnirlar sonini oshirish, terma jamoalarimizga xorijlik mutaxassislarni jalb etish, sportning ushbu yoʻnalishini yanada ommaviylashtirish kabi yoʻnalishlarda ham fikr almashildi.

Text to speech