Yosh erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi
Vyetnamda sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida U17 yosh toifasida erkin kurash boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Batafsil:
Kumush medal:
-51 kg: Ulugʻbek Rashidov
-55 kg: Abdumalik Jaloliddinov
Bronza medal:
-45 kg: Mirjalol Mukammilov
-48 kg: Shahobiddin Nurmanov
-60 kg: Faxriddin Nasriddinov
Musobaqa davomida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan U17 yosh toifasidagi erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallashdi.
Ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz esa barcha yoʻnalishlarda jami 5 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.



