27 Iyun 2025 539

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin, hurmatli OAV xodimlari!

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sizlarni bugungi kasb bayramingiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaydi!

Sizlar sport sohasida yuz berayotgan muhim voqea va yangiliklarni keng jamoatchilikka tezkor, xolis va professional yetkazib, sportchilarimiz yutuqlarini yoritishda, Olimpizmning ezgu va pok gʻoyalarini targʻib qilishda beqiyos hissa qoʻshmoqdasiz.

Barchangizga kelgusida ham milliy sportimiz yutuqlarini xalqimizga yetkazishda ulkan kuch-gʻayrat va shijoat tilab qolamiz!

Text to speech