26 Iyun 2025
835
Stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi
Maʼlum qilganimizdek, bugun poytaxtimizda stol tennisi boʻyicha U15 va U19 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati start oldi. Biroz avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.
Unda Xalqaro va Osiyo stol tennisi federatsiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat stol tennisi federatsiyasi rahbariyati qatnashdi.
Tadbirda soʻz olgan rasmiylar mamlakatimizda stol tennisi rivoji mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilayotgani, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish orqali uning yurtimiz yoshlari orasidagi ommaviyligi yanada oshayotganini alohida taʼkidlashdi.



















