26 Iyun 2025
845
Poytaxtimizda stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi
Toshkentda stol tennisi boʻyicha U15 va U19 yosh toifalaridagi qitʼa birinchiligi start oldi. “Humo arena” mezbonlik qilayotgan musobaqada 22 davlatdan 400 nafardan ortiq atlet ishtirok etmoqda.
Hozirda sportchilar saralash bahslarini oʻtkazishyapti. Bugun dasturga koʻra tantanali ochilish marosimi ham tashkil etiladi.




