25 Iyun 2025 986

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionati umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi

Vyetnamda sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Ortda qolgan yunon-rum va qizlar kurashi boʻyicha bir qator vazn toifalarida gʻoliblar aniqlandi. Unda hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.

 Oltin medal:
-71 kg: Behruzbek Valiyev
-80 kg: Abdulaziz Xolmirzayev
-40 kg: Shohista Shonazarova

 Kumush medal:
-46 kg: Mashhura Abdumusayeva

 Bronza medal:
-65 kg: Husan Gʻiyosiddinov

Ahamiyatlisi, musobaqada 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻargan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

Text to speech