24 Iyun 2025
856
Rasmiylar “Dukent”da yigʻin oʻtkazayotgan para sportchilarning sharoitlarini oʻrganishdi
Sport vazirligi va Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyatining Angren shahriga amalga oshirgan ishchi tashrifi davomida mahalliy sport infratuzilmasi, jumladan, “Dukent” sport bazasidagi shart-sharoitlar oʻrganildi.
Mazkur baza bugungi kunda para sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalarining markaziy tayyorgarlik nuqtasiga aylangan. Hozirda bu yerda 100 nafarga yaqin sportchi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda.
Tashrif davomida rasmiylar sportchilarning kunlik mashgʻulot jarayoni, ular uchun yaratilgan tibbiy va yashash shart-sharoitlari, hamda zamonaviy inventar bilan taʼminlanish holatini atroflicha oʻrganishdi. Shuningdek, murabbiylar va sportchilar bilan muloqotda boʻlib, ularning fikr-mulohazalari eshitildi.
















