23 Iyun 2025 815

Yosh gimnastikachilarimiz jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritishdi

18-22-iyun kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham shohsupaga koʻtarilishdi.

Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz jamoaviy yoʻnalishda bronza medallariga ega chiqdilar. Hamyurtlarimiz musobaqa davomida 141.850 ochko jamgʻarishga erishishdi.

Badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi JCH
Jamoaviy dastur:
1. Bolgariya – 147.350
2. AQSh – 143.200
3. Oʻzbekiston – 141.850

Text to speech