Kun dayjesti:
23-iyun – Xalqaro Olimpiya kuni!
Bugun butun dunyoda Xalqaro Olimpiya kuni nishonlanmoqda. Bundan 131 yil muqaddam, aniqrogʻi 1894-yil 23-iyun kuni baron Pyer de Kuberten tomonidan zamonaviy Olimpiya oʻyinlarini tiklash yoʻlida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga asos solingan. Bugungi kunga kelib, ushbu sana Xalqaro Olimpiya kuni sifatida keng qarshi olinadi.
Abduqodir Husanov klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan ilk oʻzbek futbolchisi boʻldi
AQShda futbol boʻyicha klublar oʻrtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Biroz avval Pep Gvardiola boshchiligidagi Angliyaning “Manchester Siti” klubi BAAning “Al Ayn” jamoasiga qarshi 2-tur uchrashuvini oʻtkazdi. Unda ingliz klubi yirik 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 61 daqiqa harakat qilib, klubining muvaffaqiyatiga hissa qoʻshdi.
Kirsti Koventri XOQ Prezidenti sifatida faoliyatini boshlaydi
Bugun Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tarixida ahamiyatli sana. 2013-yildan XOQ Prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Tomas Bax bugun rasman faoliyatini yakunlaydi. Uning oʻrniga ushbu lavozimda tarixda ilk bor ayol kishi – zimbabvelik Kirsti Koventri vazifaga kirishadi.


