22 Iyun 2025
858
Gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogini 9 ta medal bilan yakunlashdi
Toshkentda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogi oʻz nihoyasiga yetdi. Final bahslarining ikkinchi kungi bellashuvlarida ham Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor boʻlishdi.
Oltin medal:
Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
Abdulaziz Mirvaliyev (tayanib sakrash)
Kumush medal:
Odinaxon Robijonova (toʻsin)
Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 4 tadan oltin va kumush, 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.





