22 Iyun 2025
538
U23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 16 ta medal qoʻlga kiritishdi
Vyetnamda sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Erkin kurash ustalari oʻrtasida kechgan soʻnggi kun bahslarida atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Kumush medal:
-65 kg: Umidjon Jalolov
-74 kg: Zafarbek Otaxonov
Bronza medal:
-92 kg: Sadriddin Daminjonov
Shu tariqa, mazkur yosh toifasidagi sportchilarimiz qit’a birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunlashdi.
Ertadan U17 yosh toifasidagi polvonlarimiz bahslarga kirishishadi.





