20 Iyun 2025 1134

Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 5 ta medal

Vyetnam mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bahslari ortda qoldi. Unda yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha bir qator vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi. Murosasiz bahslar davomida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Batafsil:

 Kumush medal:
-63 kg: Husniddin Olimboyev

 Bronza medal:
-55 kg: Jonpoʻlat Toʻlqinboyev
-87 kg: Rahimjon Uzoqov
-50 kg: Mushtariy Tolipbekova
-59 kg: Laylo Sobirova

Ahamiyatlisi, musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻargan “klassik” kurashchilarimiz (U23) umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallashdi.

Text to speech