20 Iyun 2025
649
Bugun aralash jamoaviy bellashuvlar oʻtkaziladi
Vengriyada dzyudo boʻyicha jahon chempionati bahslari oʻz yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqaning soʻnggi kunida aralash jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Qurʼaga koʻra, yurtdoshlarimiz dastlabki bosqichda Turkmanistonga qarshi bahs olib boradilar. Dzyudochilarimiz gʻalaba qozonishsa, chorak finalda Yaponiya – Avstriya bahsi gʻolibi bilan kuch sinashishadi.
