19 Iyun 2025 983

Yosh kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi

Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari boʻyicha U17 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi. U23 toifasidagi “klassik” kurashchilarning chiqishi bilan start olgan musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.

 Oltin medal:
-72 kg: Abdulla Aliyev
-82 kg: Samandar Bobonazarov

 Kumush medal:
-60 kg: Mehroj Bahromov

 Bronza medal:
-67 kg: Ogʻabek Muqimov

Text to speech