19 Iyun 2025
873
Rasmiylar Nurafshon shahrida boks boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” bahslarini kuzatishdi
Butun Respublikamiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari tashkil etilmoqda. Sport vazirligi va MOQ rahbariyati Toshkent viloyati Nurafshon shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha mintaqaviy bellashuvlarni tomosha qildi.
Ushbu bahslarda Angren, Ohangaron, Olmaliq, Nurafshon shaharlari, shuningdek, Oʻrta Chirchiq va Ohangaron tumanidan tashrif buyurgan yosh bokschilar ishtirok etishmoqda. Rasmiylar final janglarini kuzatib, gʻolib boʻlgan sportchilarga hududiy bosqich bellashuvlarida ham omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.









