17 Iyun 2025
775
Terma jamoalarimiz faoliyatini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi
Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos bilan uchrashuv oʻtkazib, terma jamoalarimiz faoliyati, sportchilarimizning mashgʻulotini raqamlashtirish kabi mavzularni koʻrib chiqdi.
Muloqot chogʻida milliy terma jamoalar mashgʻulotlarini tizimli ravishda raqamlashtirish, kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatidan foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.
Qolaversa, innovatsion texnologiyalar asosida sportchilarni monitoring qilish tizimini joriy etish boʻyicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.






