17 Iyun 2025 636

Bugun jahon chempionatida 3 nafar dzyudochimiz qatnashadi

Bugun Vengriyada dzyudo boʻyicha jahon chempionatining beshinchi kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda erkaklar -90 kg, ayollar -70 kg vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi. Kun davomida Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar aʼzosi ishtirok etadi. Ularning ilk raqiblari bilan tanishing:

-90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov – Kornelius Eylertsen (Norvegiya)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev – Remi Feulle (Mavrikiy)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva – Yu-Jing Liao (Xitoy Taipeyi)

Maʼlumot uchun, shu kungacha oʻtgan bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Shukurjon Aminova (-57 kg) hamda Arslonbek Tojiyev (-81 kg) bronza medali uchun kurashish bosqichigacha yetib kelishgan. Ammo ushbu bahslarda raqiblar ustunlik qilib, har ikki dzyudochimiz beshinchi natija bilan musobaqani yakunladi.

Text to speech