16 Iyun 2025 996

Stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatiga sanoqli kunlar qoldi

Toshkent stol tennisi boʻyicha yana bir xalqaro turnirga mezbonlik qiladi. 26-iyun – 2-iyul kunlari “Humo arena”da U15 va U19 yoshli sportchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati tashkil etiladi.

Ushbu turnirda Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Eron, Qozogʻiston kabi 22 davlatdan 400 nafardan ortiq yosh stol tennisi ustalari bahs olib borishadi. Hozirda sportchilarimiz boʻlajak bahslarga qizgʻin hozirlik koʻrishmoqda.

Text to speech