16 Iyun 2025 932

Kun dayjesti:

Tailandning Pattaya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha 18 va 23 yoshli sportchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 17 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza, jami 34 ta medal bilan har ikki yoʻnalishda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Avstriyaning Insburk shahrida taekvondo WT boʻyicha “Austrian Open” xalqaro turniri tashkil etildi. Mazkur musobaqada qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 13 ta medal jamgʻardi. Ushbu natija bilan Pavel Xan boshchiligidagi sportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

Bugun Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha jahon chempionatining toʻrtinchi kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini Arslonbek Tojiyev (-81 kg) hamda Marjona Nurulloyeva (-63 kg) himoya qilishadi.

AQShda futbol boʻyicha klublar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Mazkur musobaqada Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi safida Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham ishtirok etadi. “Shaharliklar” dastlabki uchrashuvlarini 18-iyun kuni Marokashning “Vidad” klubiga qarshi oʻtkazishadi.

Text to speech