15 Iyun 2025
885
Safina Sadullayeva Polshadagi xalqaro turnirda gʻalaba qozondi
Polshaning Belostok shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan bronza darajadagi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva ishtirok etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 1.90 metr natija bilan mavsumdagi eng yuqori natijasini koʻrsatdi.
Balandlikka sakrash, ayollar:
Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) - 1.90 metr
Katerina Tabashnik (Ukraina) - 1.87
Viktoriya Miaso (Polsha) - 1.84
