13 Iyun 2025 1592

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi oʻz faoliyatini boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, yuqori malakali sport kadrlarini tayyorlash, yangi avlod sportchi va murabbiylarini yetishtirish orqali mamlakatimizning ushbu sohadagi yutuqlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini xalqaro standartlar asosida yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya 2025/2026-yilda oʻquv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilishni boshlaydi va u davlat oliy taʼlim muassasasi maqomiga ega boʻladi. Talabalarni qabul qilish parametrlari Respublikadagi boshqa oliy taʼlim muassasalari uchun belgilagan davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladi. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining bitiruvchilari toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlar O‘zbekiston davlat sport akademiyasining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Text to speech