13 Iyun 2025
780
Dzyudochilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Vengriya poytaxtida dzyudo boʻyicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. 93 mamlakatdan tashrif buyurgan 550 nafardan ortiq sportchi orasida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar uchun kurash olib borishadi. Rejaga koʻra, dastlabki kun eng yengil vazn toifalaridagi bellashuvlar oʻtkaziladi. Unda gilamga chiqadigan hamyurtlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Bahrom Boturov – Ariunbold Enxtayvin (Moʻgʻuliston) / Maksimilian Xeyder (Germaniya)
-48 kg: Laziza Haydarova – Shirin Boukli (Fransiya)
-48 kg: Halima Qurbonova – Vong Li (Gonkong) / Lui Petit (Belgiya)
