12 Iyun 2025
803
Bekzod Abdurahmonov Xalqaro atletlar forumida qatnashmoqda
Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan Xalqaro atletlar forumi tashkil etilmoqda. Unda dunyo miqyosida sportni rivojlantirish, sportchilarning manfaatlarini himoya qilish hamda global sport masalalari muhokama qilinyapti.
Ushbu anjumanda yurtimiz nomidan Oʻzbekiston MOQ Atletlar komissiyasi aʼzosi, erkin kurash boʻyicha Tokio–2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov qatnashmoqda.
Yigʻilishda 200 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar, mutaxassislar va sport yulduzlari ishtirok etishyapti. Unda sportchilarning huquqlarini muhofaza qilish, dopingga qarshi kurash, xalqaro qoidalar va sportdagi zamonaviy tendensiyalar muhokama qilish kabi qator dasturlar oʻrin olgan.






