11 Iyun 2025 837

Qashqadaryolik kurash fidoyisiga sport faxriysi ko‘krak nishoni topshirildi

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi yurtimiz sporti rivojiga uzoq yillar hissa qo‘shgan fidoyilarimizning muntazam holidan xabar olib, ularni taqdirlab kelmoqda. Kengash raisi Bahodir Maxsitov yaqin orada 84 yoshni qarshi oladigan Abdurashid ota Mirzayevni bilan uchrashib, unga “Sport faxriysi” ko‘krak nishonini topshirdi.

Maʼlumot uchun, Abdurashid ota Mirzayev 1941-yil 1 -yul kuni Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. Yoshligida kurash bilan shug‘ullanib, ko‘plab yutuqlarga erishgan. Bugungi kungacha yuzlab polvonlarni tarbiyalagan. Ko‘rsatgan xizmatlari evaziga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Text to speech