10 Iyun 2025 1228

Qahramon futbolchilarimizga davlat mukofotlari va Prezident sovgʻalari tantanali topshirildi

“Bunyodkor” stadionida futbol bayrami davom etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Qatar terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin 2026-yil AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan yigitlarimizni taqdirladi.

Prezident qaroriga koʻra, saralash siklida qahramonlik koʻrsatgan futbolchilarimizga davlat mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, yigitlarimizga Prezident sovgʻasi – BYD avtomashinalari ham topshirildi.

Text to speech