Bokschilarimizning barchasi finalda
Niderlandiyada tashkil etilayotgan boks boʻyicha “Eindhoven cup” turnirida finalchilar aniqlandi. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar aʼzosi yarim final bahsini oʻtkazdi va ularning barchasi gʻalaba qozonib, bugun oʻtkaziladigan hal qiluvchi bosqichga yoʻl olishdi.
Yarim final natijalari:
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Mahmud Al Chabtun (Niderlandiya) 5:0
-70 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Nabi Isgandarov (Ozarbayjon) 4:1
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev — Toʻgambay Sagindik (Qozogʻiston) 4;1
Bugun yurtdoshlarimiz oltin medallar uchun quyidagi raqiblariga qarshi ringga koʻtarilishadi:
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Jek Driden (Angliya)
-70 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Ablayxan Jussupov (Qozogʻiston)
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev — Kiss Milan (Vengriya)
