4 Iyun 2025 1401

Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga bagʻishlab “FunRun” musobaqasi oʻtkazildi

Bugun “Tashkent City” maydonida Aichi-Nagoya–2026 yozgi Osiyo o‘yinlari targʻiboti doirasida “Fun Run” musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov va Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Aichi-Nagoya–2026 tashkiliy qo‘mitasi vakillari, oʻzbek sporti yulduzlari va yosh atletlar ishtirok etdilar.

Ma’lum qilganimizdek, “Fun Run” musobaqasi doirasida nafaqat yugurish bahslari, balki Olimpiya harakatini targ‘ib qiluvchi rasm chizish tanlovi ham tashkil etildi.

Yakunda yuqori koʻrsatkich qayd etgan ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech