3 Iyun 2025 1192

Butunjahon velosport kuni Toshkentda bayramona ruhda oʻtdi

3-iyun – Butunjahon velosport kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Tashkent City Mall” savdo majmuasida sport bayramiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev hamda milliy terma jamoa a’zolari ishtirok etishdi.

Rasmiylar barcha velosport ixlosmandlarini bayram bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar hamda sportchilarga esdalik sovgʻalari topshirishdi.

Tadbir davomida “Neon” sport klubining mashgʻuloti savdo markaziga yigʻilganlarga sport ruhini va yuqori kayfiyatni ulashdi.

Text to speech