“Raqamli kommunikatsiyalar hamda ijtimoiy tarmoqlar V mintaqaviy seminari” boshlandi
Bugun poytaxtimizda “Raqamli kommunikatsiyalar hamda ijtimoiy tarmoqlar V mintaqaviy seminari” oʻz ishini boshladi. Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi, Osiyo Olimpiya kengashi, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi va 15 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalarining media yoʻnalishi vakillari ishtirok etishmoqda.
Ochilish marosimida soʻzga chiqqan vakillar sohaning dolzarbligi haqida toʻxtalib, seminar ishtirokchilariga oʻzlarining samimiy tilaklarini yoʻllashdi.
Tadbirda nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoq bilan ishlashda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashishadi.
Shuningdek, bir qator Milliy Olimpiya qoʻmitalari vakillari bilan oldinda turgan kompleks musobaqalarga media, marketing va piar yoʻnalishlarida olib borilayotgan tayyorgarlik borasida fikr almashishlari koʻzda tutilgan.









