Bokschilarimiz “Thailand Open” turnirida birinchi boʻlishdi
Bangkok shahrida boks boʻyicha “Thailand Open” xalqaro musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Bugun final janglarida ishtirok etgan 9 nafar vakilimizdan 5 tasi gʻalaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi turnirda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Gʻolib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-55 kg: Faryozbek Doʻsmatov
-85 kg: Nusratbek Tohirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-75 kg: Aziza Zokirova
Kumush medal:
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-75 kg: Javohir Abdurahimov
-51 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Feruza Kazakova
Bronza medal:
-60 kg: Madiyar Daniyarov
-80 kg: Samandar Jalolov
-90 kg: Elyorbek Joʻraboyev
+90 kg: Abdurahmon Rustamov
-57 kg: Nigina Oʻktamova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Oysha Toirova

