1 Iyun 2025 1122

Namangan “Oʻzbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Namangan shahrida yana bir turnir – sport kurashlari boʻyicha “Oʻzbek botirlari” Gran-pri musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ikkinchi bor tashkil etilgan mazkur turnirda 7 mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Bahslar yunon-rum va erkin kurash boʻyicha oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini koʻzdan kechirib oldi.

Text to speech