1 Iyun 2025 1093

Namanganda “Uzbekistan judo tour” turniri oʻtkazildi

Namangandagi “Barkamol avlod” sport majmuasida dzyudo boʻyicha “Uzbekistan judo tour” turniri tashkil etildi. Mukofot jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etgan musobaqada dzyudochilar -81, -90, -100 va +100 kg vazn toifalarida bahs olib borishdi.

Yakunda har bir vazn toifasidagi gʻoliblar 22, kumush medal sohiblari 14 va bronza medali sovrindorlari 7 million soʻmdan pul mukofotiga ega boʻldilar.

Bu gal medallar jamgʻarish boʻyicha surxondaryolik polvonlar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida yetakchilik qilishdi.

Text to speech