Bugun Bangkokda “Thailand Open” turniri gʻoliblari aniqlanadi
Bugun Tailandda boks boʻyicha “Thailand Open” turniri oʻz yakuniga yetadi. Ma’lum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili final bosqichiga yetib kelgan. Kun davomida oltin medal uchun ringga koʻtariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Xutxaifa Eshish (Iordaniya)
-55 kg: Faryozbek Do‘smatov - Saravut Sukthet (Tailand)
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Torexan Sabirxan (Qozog‘iston)
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Dipak (Hindiston)
-85 kg: Nusratbek Tohirov - Jakkapong Yomxot (Tailand)
-48 kg: Farzona Fozilova - Thipsatcha Yodvare (Tailand)
-51 kg: Sabina Boboqulova - Vu Yu (Xitoy)
-54 kg: Feruza Kazakova - Natnicha Chongprongklang (Tailand)
-75 kg: Aziza Zokirova - Nadejda Ryabets (Qozog‘iston)
