31 May 2025 1305

“Youth Contender” turniri oʻz yakuniga yetdi

Bugun Toshkentda stol tennisi boʻyicha oʻtkazilayotgan “Youth Contender” turniri oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kuni ham qizgʻin kurashlar ostida kechib, bellashuvlarni Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat stol tennisi federatsiyasi rahbariyati ham kuzatib bordi va taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Qiziqarli bahslar yakunida hamyurtlarimiz qator dasturlarda sovrinli oʻrinlarni egallashdi.

Shu tariqa, 16 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi qatnashgan turnir oʻz yakuniga yetdi.

Text to speech