31 May 2025
1012
Stol tennischilarimiz “Youth Contender” turnirida yana ikki medal qoʻlga kiritishdi
Toshkentda oʻtayotgan stol tennisi boʻyicha “Youth Contender” turnirida navbatdagi yoʻnalishlarda gʻoliblar aniqlandi. Unda hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.
U15 yosh toifasida malayziyalik Hong An Li bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz Adelina Hasanova oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu uning musobaqadagi ikkinchi medali boʻldi.
Shuningdek, U19 toifasida yigitlar oʻrtasidagi mikst dasturida Xurshid Ahmedov va Asel Erkebayeva kumush medallar bilan taqdirlanishdi.




